Qishloq xo`jaligi vaziri o`rinbosari Qahramon Yo`ldoshev Koreyaning Er, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegasiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda agrar sohada qishloq xo`jaligi erlarini monitoring qilish, raqamli xaritalar hamda 3D modellarni yaratish, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonchilikni rivojlantirish, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik o`rnatish bo`yicha ijobiy natijalarga erishilgani ta`kidlandi.
Shuningdek, respublikada qishloq xo`jaligi sohasida monitoring va sprey dronlar, ashyolar interneti, 3D geografik axborot tizimlari, sun`iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, qonunchilik bazasini takomillashtirish bo`yicha hamkorlik muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo`yicha anglashuv memorandumi imzolandi.






