AsosiyJamiyat

Toshkentda haydovchilar yo`l talashib janjallashdi

'Toshkentda haydovchilar yo`l talashib janjallashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 2 nafar haydovchi o`rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB ma`lumot berdi.

Joriy yilning 19 iyun kuni Shayxontohur tumani Furqat ko`chasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi K.Z. hamda Lacetti haydovchisi B.lar yo`l talashish oqibatida o`zaro janjallashganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu haydovchilarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko`rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar