AsosiyJinoyat

Surxondaryoda iste`mol qilib bo`lmaydigan yog` mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan shaxs ushlandi

'Surxondaryoda iste`mol qilib bo`lmaydigan yog` mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Surxondaryoda iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oltinsoy tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda Sh.R. o`z uyining yordamchi xo`jaligida yashirin sex tashkil etib, iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog` mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

Ushbu sexdan 717 kg chigit, 1 126 kg qo`lbola usulda tayyorlangan yog` va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar