Joriy yilning 20 iyun kuni soat 13.30 atrofida Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko`chasida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda IIBB YHXB rasmiy xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1973 yilda tug`ilgan fuqaro S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo`lagidan velosipedni boshqarib kesib o`tayotgan 2014 yilda tug`ilgan A.A.ni urib yuborgan.
Natijada fuqaro A.A. turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.






