Joriy yilning 19 iyun kuni soat 23:17 larda Olmazor tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga kelib tushgan. Bu xabarga ko`ra, Toshkent viloyati Toshkent tumani Ko`k-terak qishlog`i Xamsa ko`chasi 66-uyda yashovchi 1999 yilda tug`ilgan S.Q. chap va o`ng son qismidan o`tkir tig`li jismdan tan jaroxati bilan o`lik holatda shifoxonaga olib kelingan. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda.






