Avval xabar berilganidek, bugun AOKAda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Bilimni baholash agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida joriy o`quv yili uchun OTMlarga qabul masalalari yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Unda qayd etilishicha, joriy o`quv yilida 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon o`tkaziladi.
O`qishga kirish uchun faqatgina biometrik pasport yoki ID-karta va umumiy o`rta ta`lim olganini tasdiqlovchi hujjat (attestat, diplom) talab etiladi.
Ro`yxatdan o`tishda 2 ta tanlov ustuvorligi: davlat granti va ta`lim yo`nalishi bo`yicha 5 tagacha ta`lim yo`nalishi tanlash mumkin.
Abiturientlarning test sinovida to`plagan ballari test topshirganning ertasi kunida shaxsiy kabinetga javoblar varaqasi skaner qilinib, to`g`ri va noto`g`ri javoblar ko`rsatilgan holda yuboriladi.
Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi to`liq test sinovlari yakunlangandan so`ng 1 hafta ichida e`lon qilinadi.






