Jo Bayden AQSh osmonida havo shari bilan sodir bo`lgan voqeaga ishora qilib, Xitoy rahbari Si Szinpinni "diktator" deb atagani haqida xabar bermoqda RIA Novosti "Reuters"ga tayanib.
Oq uy rahbari bir kun avval Kaliforniyadagi tadbirda so`zlagan nutqida, Xitoy rahbarining AQShda urib tushirilgan “ayg`oqchi shar” haqida Si Szinpinning xabari bo`lmaganini aytgan.
"Ular nima bo`lganini bilmasalar. Diktatorlar uchun bu juda sharmandalik", deydi prezident.
Shu bilan birga, Amerika rahbari Vashington va Pekin o`rtasidagi munosabatlar “to`g`ri yo`lda” ekanini, Davlat kotibi Entoni Blinken va Si Szinpinning uchrashuvi taraqqiyotga olib kelganini aytgandi.
Blinkenning Xitoyga tashrifi AQSh davlat kotibining ushbu davlatga so`nggi besh yil ichidagi birinchi safari bo`ldi. U Pekin va Vashington o`rtasidagi munosabatlarning keskin yomonlashgani, xususan, Tayvan, Amerika Qo`shma Shtatlari uzra urib tushirilgan Xitoy shari bilan bog`liq voqea, shuningdek, savdo va texnologiyadagi uzoq davom etayotgan tafovutlar fonida sodir bo`ldi.






