Prezident tomonidan 14.06.2023 yildagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining va O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o`zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida”gi PF-96-son Farmon imzolandi.
Hujjatga muvofiq, «Uzmedimpeks» va «IT-Med» MChJlar ommaviy savdolar orqali to`liq sotilayotgan tashkilotlar ro`yxatidan chiqarilmoqda.
Ma`lumot uchun: muqaddam qayta tashkil etiladigan va tugatiladigan davlat korxonalarining ro`yxatlari tasdiqlangan edi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun maxsus ustama to`lovi 200 dan 50% ga tushirilmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 16.06.2023 yildan kuchga kirdi.






