Turkiya OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 2023 yil 18 iyun kuni Izmir shahrida 4 nafar Turkmaniston fuqarolarining jasadi topilgani haqida xabarda O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining rasmlari tarqalganligi ma`lum bo`ldi.
O`zbekistonning Istanbuldagi konsulxonasiga mazkur holat yuzasidan faol jamoatchilik vakillaridan habar kelib tushgan.
Vakolatxona Turkmanistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabarni birinchi bo`lib tarqatgan OAV rahbariyati, ijtimoiy tarmoq faollari va rasmi e`lon qilingan fuqarolarimiz bilan muzokara olib borib, holatga oydinlik kiritdi.
Jasadlar Turkmaniston fuqarolari Gulkamar Hanimova, qizlari Leyla Geldiazova va Lachin Geldiazova hamda Ruslan Kerimov ismli shaxslarga tegishli ekanligi, lekin rasm O`zbekiston fuqarolariga tegishli bo`lib ular vafot etmaganligi aniqlanib, rasmlarning almashib qolish sabablari o`rganilmoqda.
Rasmdagi O`zbekiston fuqarolari 6 yil avval Istanbulda birga tushgan bo`lib, vafot etgan turkmanlar bilan aloqasi yo`qligi, Izmirga ham borishmaganligi bildirildi.
OAV mutasaddisi rasmni Izmir Polisiyadan olganligini ta`kidladilar. Qo`shni davlat diplomatlarida vafot etgan shaxslarning haqiqiy rasmlari yo`qligi o`rganildi.
Izmir polisiyasi va habarni tarqatgan OAV vakillariga ma`lumotlarni to`g`rilash bo`yicha Bosh konsulxona o`z rasmiy talabini yo`llaganini ma`lum qildi.






