AsosiyDunyo

To`qaev Ukraina atrofidagi vaziyat bo`yicha Ostona pozisiyasini yana bir bor e`lon qildi

'To`qaev Ukraina atrofidagi vaziyat bo`yicha Ostona pozisiyasini yana bir bor e`lon qildi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev Ukraina atrofidagi vaziyat bo`yicha Ostona pozisiyasini yana bir bor bayon qildi.

”Men bu juda murakkab masala bo`yicha o`z pozisiyamizni bayon qilganman. Birinchidan, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga qat`iy rioya qilishimiz, umuman olganda, uni dunyoda misli yo`q va universal tashkilot sifatida qo`llab-quvvatlashimiz kerak. Ikkinchidan, biz Xitoy va boshqa davlatlar tomonidan bildirilgan barcha tinchlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashimiz kerak”, dedi To`qaev.

Qozog`iston prezidenti yaqin vaqt ichida Ukrainada o`t ochishni to`xtatish kelishuviga erishilishiga, kelajakda esa dunyoning bu qismida mustahkam tinchlik o`rnatilishi haqida gapirish mumkinligiga umid bildirdi. 

”Qozog`istonga kelsak, biz bu maqsadga erishish uchun o`z hissamizni qo`shishga tayyormi”, dedi To`qaev.

”Shuningdek, biz Rossiya bilan strategik sherikmiz. Biz bir xil tashkilotlarning a`zolarimiz. Shunday ekan, bizning maqsadimiz ham ikki tomonlama asosda, ham tegishli xalqaro tashkilotlar doirasida o`zaro hamkorligimizni mustahkamlash uchun Rossiya bilan yaqin aloqada bo`lishdir”, deb qo`shimcha qildi prezident.

Bundan tashqari, Qozog`iston rahbari G`arb davlatlari sanksiyalariga rioya qilish borasidagi pozisiyasiga izoh berdi.

”Biz, birinchi navbatda, JST qoidalariga qat`iy sodiqmiz, shuningdek, xalqaro bozorda qabul qilingan barcha qoidalarga amal qilamiz. Rossiyaga ikki maqsadli tovarlar eksporti deb ataladigan narsaga kelsak, bu mutlaqo haqiqatdan yiroq. Shu bilan birga, biz Rossiya bilan savdo aloqalarini davom ettiramiz. O`tgan yili o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 28 milliard dollarni tashkil etdi. Bu amaldagi xalqaro standartlarga to`liq mos keladi”, dedi u.

    Boshqa yangiliklar