Belarus pedofillarni majburiy davolash va kimyoviy kastrasiya qilishni joriy etmoqchi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, mamlakat Jinoyat kodeksiga o`zgartirishlar tayyorlandi, bu o`zgarishlarda jinoyat uchun jazo bilan bir qatorda sud hukmi bo`yicha pedofillarni majburiy davolash ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, pedofiliyani davolash algoritmi, shu jumladan, kimyoviy kastrasiyani qo`llashni o`z ichiga olgan klinik protokol tasdiqlangan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Bosh prokuraturaning ushbu tashabbuslarini qo`llab-quvvatladi.






