AsosiyJamiyat

Andijonda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizni chaqmoq urdi. Yigit shifoxonada vafot etgan (video)

'Andijonda 17 yoshli yigit va 15 yoshli qizni chaqmoq urdi. Yigit shifoxonada vafot etgan (video)'ning rasmi

19 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Unda aytilishicha, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan.

Qizning ahvoli qoniqarli bo`lib, hozirda shifoxonada davollanmoqda.

Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar