AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida tormozi ishlamay qolgan Kamaz oldinda ketayotgan mashinalarni surib ketdi (video)

'Toshkent viloyatida tormozi ishlamay qolgan Kamaz oldinda ketayotgan mashinalarni surib ketdi (video)'ning rasmi

Bo`stonliq tumanida harakalanib ketayotgan yuk avtomobilining tormozi ishlamay qoldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 18 iyun kuni soat tahminan 18:00 larda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani xududidan o`tgan 4R10 “Chorbog` suv ombori aylanma” avtomobil yo`lining 82-kilometrida, haydovchi 1986 yilda tug`ilgan J.A boshqaruvidagi “MAZ-55160-280-650” rusumli yuk transport vositasi Toshkent-Chorbog` yo`nalishida xarakatlanib ketayotgan vaqtida tormoz tizimi ishdan chiqishi natijasida o`zi bilan bir yo`nalishda bo`lgan 6 ta transport vositasiga (“Spark”, “Matiz”, “Neksiya 3”, “KIA SPORTAGE D-242” va 2 ta “Lasetti” rusumli avtoulovlar) borib urilishi natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

Ushbu to`qnashuv natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog`lig`iga ziyon etmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.  

Hozirda holat yuzasidan Bo`stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar