Seshanba kuni ta`mirlash ishlari sababli poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi.
Elektr qurilmalarini ta`mirlash va yangilash ishlari ketayotgani sababli 20 iyun kuni Toshkent shahridagi ayrim hududlarda ta`minotda uzilish bo`ladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Iste`molchilarga «sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida» quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
Chilonzor tumani: «Qozirobod» hamda «Ko`rkam» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Yangihayot tumani: «Xo`jauchqun» va «Viqor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Shayxontohur tumani: «Chorsu» va «Beltepa» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: «Nurliyo`l» va «Zabardast» MFYlarinjng ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumani: «Mirishkor» MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulug`bek tumani: «Mevazor» va «Zakovat» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Uchtepa tumani: «Nishabariq» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, deyiladi xabarda.






