AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida inspektor ish vaqtida pichoqlandi

'Toshkent viloyatida inspektor ish vaqtida pichoqlandi'ning rasmi

Joriy yilning 19 iyun kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod shahar bo`limi boshlig`i, davlat inspektori M.F. xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida pichoqlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ayni vaqtda inspektor operasiya qilinib, jonlantirish bo`limiga o`tkazilgan.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan voqea sabablari va boshqa tafsilotlar o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar