Ma`lum qilinishicha, 2023-2024 o`quv yili uchun 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, o`rnatilgan tartibga ko`ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
➖mikro-hudud doirasida (20 iyun-31 iyul)
➖mikro-hududdan tashqarida (1-15 avgust)
Ma`lumot uchun: 2023-2024 o`quv yilida respublikamiz bo`yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
"Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7 yoshga to`ladigan yilda maktabga qabul qilinadi.
Ya`ni bu yil 1-sinflarga 2016 yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug`ilgan bolalar qabul qilinadi.






