Evropa mintaqasida JCh–2018 turniriga saralash bosqichi "A" guruhi 3-tur markaziy o`yinida Fransiya terma jamoasi safarda Gollandiya futbolchilari bilan bahs olib bordi.
Anchagina murosasiz o`tgan bellashuvda Pol Pogbaning 30-daqiqada kiritgan yagona goli fransyaliklarga 3 ochko keltirdi.
JCh–2018 saralashi. “A” guruhi, 3-tur
Gollandiya – Fransiya 0:1
Gol: 0:1 – 30 Pogba.
Gollandiya – Stekelenburg, van Deyk, Bruma, Karsdorp, Blind, Propper (Villems, 84), Strotman, Promes (Depay, 16), Veynaldum (Dost, 62), Klassen, Yanssen.
Fransiya – Loris, Varan, Kurzava, Sidibe, Koselni, Pogba, Matyuidi, Payet (Marsyal, 67), Sissoko, Grizmann (Kante, 90), Gameyro (Jinyak, 80).
Ogohlantirishlar: Propper (70), Strotman (78), Pogba (79).





