Forza startapi tortilishlar sonini avtomatik tarzda hisoblovchi, dunyodagi eng aqlli turnikni yaratdi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.
Turnik tashqi tomondan boshqa trenajyorlardan farq qilmaydi. Uning korpusiga tortilish sonini, yo`qotilgan kaloriya miqdorini, mashg`ulot vaqtini avtomatik tarzda hisoblovchi datchik o`rnatilgan. Barcha mashg`ulot haqidagi axborotlar kompaniyaning maxsus ilovasiga uzatiladi. Bu erdan mashg`ulot turlari haqida ham ma`lumot olish mumkin.
Mazkur turnik 150 kilogramm og`irlikni ko`tara oladi. Uning korpusi alyumin va po`latdan yasalgan, konstruksiyasida vint ishlatilmagan, turnikni yig`ish uchun 30 soniya vaqt kifoya. Ikki dona batareykadan quvvat oladi. Uning boshlang`ich narxi 100 dollar deb belgilangan, keyinchalik 150 dollarga sotish rejalashtirilgan.





