Toshkentda avtobus va "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
YTH joriy yilning 7 may kuni soat 13.50 larda Olmazor tumani Keles yo`li - Sag`bon ko`chalari kesishgan chorrahasida sodir bo`lgan. 1985 yilda tug`ilgan B.S. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 049 VJA belgili Saz Le-60 rusumli avtobus hamda 1974 yilda tug`ilgan Z.Z. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 P 931 EB belgili Cobalt rusumli avtomashinalari to`qnashgan.
YTH natijasida ikkala haydovchilar tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






