Berlin ma`muriy sudi Sovet askarlari xotirasiga bag`ishlangan yodgorliklarda 9 mayni nishonlash chog`ida Ukraina bayroqlaridan foydalanishga qo`yilgan taqiqni bekor qildi.
Qayd etilishicha, Berlin polisiyasi 9 may bayrami chog`ida sovet, Rossiya va Ukraina ramzlaridan foydalanishga taqiq qo`yish orqali ijtimoiy keskinlik va to`qnashuvlarning oldini olmoqchi bo`lgan.
Rossiya va Sovet ramzlari hali ham taqiq ostida.
Bundan tashqari, bayram tadbirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning suratlarini namoyish qilish taqiqlangan. Shuningdek, taqiq ostida Ukrainadagi maxsus operasiya zonasida rus qo`shinlari tomonidan qo`llanilgan V va Z harflar ham bor.
Avvalroq Estoniya polisiyasi 9 may kuni hududlarda Rossiya Federasiyasi va SSSR ramzlari tushirilgan tadbirlarni taqiqlagani haqida xabar berilgandi. Estoniya huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikricha, Rossiya Federasiyasi va SSSR bayroqlari dushmanlik ramzi hisoblanadi.






