AsosiyDunyo

Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarni urushga safarbar qilinmayotgani deputatlarni g`azablantirmoqda

'Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarni urushga safarbar qilinmayotgani deputatlarni g`azablantirmoqda'ning rasmi

Davlat Dumasi deputati Mixail Matveev Rossiyaga kelgan markaziy osiyoliklarni urushga safarbar qilinmayotganidan  g`azablanmoqda. Unga ko`ra, faqat 2023 yilning birinchi choragida 45 ming tojikistonlik Rossiya fuqaroligini olgan, ammo ular frontda ko`rinmayapti.

Rossiyalik deputat “Nega ular safarbar qilinmayapti?”, “Tojikiston batalyonlari qani?”, “Rossiyaga askarlar kerak!” deb ta`kidlagan.

Mixail Matveev Markaziy Osiyo aholisini, asosan, tojiklarni jangovar zonaga safarbar qilish uchun tegishli tuzatishlar kiritishga chaqirdi. Chunki hozirda faqat tojik taksichilar polklari, farroshlar va quruvchilar bo`linmalari mavjud. Shuningdek, u tojikistonliklarning Rossiyada turli nafaqalar, pensiyalar olish huquqigdan foydalanib, armiyada xizmat qilish  majburiyatlarini bajarishmayotganligidan norozi.

Rossiya fuqaroligini olgan tojikistonliklarni o`z vatanlarida xizmat qilishga majburlab bo`lmaydi. Gap shundaki, Tojikiston milliy qonunchiligi ikki fuqarolikka ega shaxslarni harbiy xizmatga chaqirishni taqiqlaydi.

    Boshqa yangiliklar