Qashqadaryo viloyatida erlar talon-taroj qilinganligi holatlari aniqlandi.
Xususan, Koson tumani er uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko`rib chiquvchi komissiya mansabdor shaxslari qonun talablariga zid ravishda, tuman markazida joylashgan "Eshoni Koson" qabristoni hududidan fuqaro va tadbirkorlarga 0,33 gektar er maydonini noqonuniy ajratib, ushbu qabristonga tegishli er maydonida "Kushxona", "Savdo do`koni" va "Omborxona" binolari qurilishiga yo`l qo`yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 146 mln so`m miqdorda zarar etkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






