Ijtimoiy tarmoqlar orqali Xorazm viloyati, Qo`shko`pir tumanida 17 yoshli qiz o`zini osib qo`ygani aytildi.
Holatni Xorazm viloyat Prokuraturasi o`rgandi.
Aniqlanishicha, Qo`shko`pir tuman IIB navbatchilik qismiga joriy yilning 6 may kuni soat 12:50 da fuqaro Ch.Q.ning o`z joniga qasd qilib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyi Qo`shko`pir tuman prokurori B.Matrasulov rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi va sud tibbiy ekspertlari ishtirokida ko`zdan kechirilgan.
Fuqaro Ch.Q. Qo`shko`pir tumani, “Xadra” qishlog`i, “Nezaxos” mahallasida yashagan, 2005 yilda tug`ilgan, hozirda o`lim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo`shko`pir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan" deyiladi xabarda.






