AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda sodir bo`lgan dahshatli YTHda 3 odam vafot etdi. Yana bir kishi o`ta og`ir ahvolda

'Qashqadaryoda sodir bo`lgan dahshatli YTHda 3 odam vafot etdi. Yana bir kishi o`ta og`ir ahvolda'ning rasmi

Qashqadaryoda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda “darakchi.uz” manbasi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 5 may kuni soat 13:30larda Qarshi tumani hududidan o`tuvchi 4R-79 "Qarshi-Shahrisabz" avtomobil yo`lida davlat raqami 70 E 343 RA bo`lgan "Nexia-2" rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan 70 G 403 NA "Nexia-3" rusumli avtomobili bilan to`qnashishi oqibatida YTH sodir bo`lgan.

YTH oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida, 1 nafar fuqaro esa shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, "Nexia-3"ning 35 yoshli haydovchisining ahvoshi o`ta og`ir. 

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmokda.

    Boshqa yangiliklar