AsosiyJamiyat

Toshkentda imkoniyati cheklangan bolalar yasagan mahsulotlar sotuvida 20 million so`mdan ortiq mablag` yig`ildi

'Toshkentda imkoniyati cheklangan bolalar yasagan mahsulotlar sotuvida 20 million so`mdan ortiq mablag` yig`ildi'ning rasmi

Joriy yilning 5 may kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 103-alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi ma`lum qildi.

Mazkur yarmarka imkoniyati cheklangan o`quvchilarning kasb-hunar orqali daromad topishlarinini rag`batlantirish maqsadida har yili o`tkazib kelinadi.

“Mohir qo`llardan — mehrli qo`llarga” shiori ostida bo`lib o`tgan yarmarkada bu yil yuzdan ortiq ishlar: rasm, yumshoq o`yinchoq, batik, zardo`zi va munchoqli buyumlar, duradgorlik ishlari taqdim etildi.

Ko`rgazma davomida badiiy chiqishlar, shuningdek, bolalar ishtirokida qiziqarli shou-dasturlar taqdim etildi.

Eslatib o`tamiz, 2022 yilda o`quvchilar qo`l mehnati bilan yasalgan mahsulotlarni sotish orqali 12 mln. so`m daromadga ega bo`lib, mablag`ning bir qismi o`quvchilarning o`zlariga taqdim etilgan.

Joriy yilda mehnat yarmarkasi ko`rgazmasida 20 million so`mdan ortiq mablag` topildi. Yig`ilgan barcha mablag`lar maktab-internatidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar