Ertaga, 21 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ayrim hududlarda 30 darajagacha ko`tariladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 21-23 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.






