AsosiyJamiyat

Toshkentda ichki ishlar xodimlarini kalaka qilmoqchi bo`lib, "prank" olganlar qamaldi (video)

'Toshkentda ichki ishlar xodimlarini kalaka qilmoqchi bo`lib, "prank" olganlar qamaldi (video)'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 12 aprel kuni soat 18:00 da Chilonzor tumanidagi istirohat bog`ida ikki nafar yigit ichki ishlar xodimlarini kamsituvchi xatti-harakatlarni sodir etgan. Ular to`pponchasimon olov yondirgich yordamida video suratga olib, Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlariga joylagan.

Aniqlanishicha, huquqbuzarlar 2001 va 2002 yilda tug`ilgan bo`lib, hozirda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bo`lgan.

Ular qo`pol harakatlarni asosan ichki ishlar xodimlari yonida amalga oshirgan.

"Bu videoni olishdan maqsad, asosan Instagram'da ko`proq obunachi va like yig`ish bo`lgan. Videodan keyin 1500ta obunachi qo`shildi. Men bu g`oyani qozoqlardan o`g`irlagan edim. Bu darajada bo`lib ketadi deb o`ylamagandim. Pushaymonman,- deydi huquqbuzarlardan biri.

Mazkur holat bo`yicha ma`muriy ish JIB Chilonzor tuman sudida ko`rib chiqilgan. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan 2 nafar shaxsga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar