AsosiyDunyo

Qirg`iziston lotin alifbosiga o`tishi mumkin

'Qirg`iziston lotin alifbosiga o`tishi mumkin'ning rasmi

Qirg`iziston parlamenti deputatlari Emil Toktoshev va Kamila Talieva qirg`iz tilini kirill alifbosidan lotin alifbosiga o`tkazishni taklif qildi.

Bu haqda Qirg`iziston Oliy Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

«Tilimizni asrab-avaylash uchun lotin alifbosiga o`tishimiz kerak», deya ta`kidladi To`qtoshev «Qirg`iziston Respublikasining davlat tili to`g`risida»gi konstitusiyaviy qonun loyihasini muhokama qilish chog`ida.

Parlament a`zolarining fikricha, bu islohot ancha oldin amalga oshirilishi lozim bo`lgan.

Matbuot xizmati xabariga ko`ra, muhokama natijasida «Qirg`iziston Respublikasining davlat tili to`g`risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o`qishda qabul qilindi. Loyiha deyarli barcha faoliyat sohalarida hujjatlar aylanishida qirg`iz tilidan majburiy foydalanishni nazarda tutadi, rus tili esa zaxira sifatida qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar