AsosiyDunyo

Germaniya aeroportlarida xodimlarning ish tashlashi oqibatida reyslar bekor qilindi

'Germaniya aeroportlarida xodimlarning ish tashlashi oqibatida reyslar bekor qilindi'ning rasmi

Germaniyaning Dyusseldorf, Gamburg va Kyoln-Bonn aeroportlarida avval e`lon qilingan ish tashlash natijasida yuzlab reyslar bekor qilindi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Xodimlar qo`shimcha ish va tartibsiz ish soatlari uchun ko`proq nafaqa talab qilgan.

Gamburg aeroportining havo bandargohi saytida e`lon qilingan ma`lumotlariga ko`ra, ish tashlashning ikkinchi kunida ham 308 ta muntazam reyslar bekor qilingan. Ushbu bekor qilingan reyslar jami 80 000 nafar yo`lovchiga ta`sir qiladi.

Dyusseldorf va Kyoln-Bonn aeroportlari matbuot xizmatiga ko`ra, ish tashlash sezilarli uzilishlarga olib keladi, biroq bekor qilingan reyslarning aniq soni ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar