AsosiyDunyo

Vaboning dunyo bo`ylab tarqalish xavfi juda yuqori – JSST

'Vaboning dunyo bo`ylab tarqalish xavfi juda yuqori – JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) fikricha, vabo kasalligining dunyo bo`ylab tarqalish xavfi juda yuqori. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Tashkilotdagilarning ogohlantirishicha, 43 mamlakatda bir milliarddan ziyod odam vabo bilan xastalanish xavfi mavjud.  

Ustiga-ustak, 2022 yil dekabr oyida JSST  vaboga qarshi ishlatiladigan vaksina tanqis ekani haqida ham ma`lum qilgan edi. Chunki dunyo bo`yicha vaboga qarshi vaksina zaxirasi juda kam, deydi JSST mutaxassislari.  

JSSTning vabo va epidemik diareya xastaliklari bo`yicha guruhi rahbari Filipp Barbozning ta`kidlashicha, vabo paydo bo`lish holatlari sonining ortib borish tendensiyasi davom etmoqda. Mutaxassisning qo`shimcha qilishicha, kasallanish holatlari sonining ko`payishiga birinchi navbatda, qashshoqlik, mojarolar va ofatlar sabab bo`lmoqda. 

    Boshqa yangiliklar