Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon va Bag`dod tumanlari bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Shofirkonda fuqarolar A.K. va D.B. fuqaro F.T.ga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihonlardan o`tkazib qo`yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bag`dod tumani “F.S.” MChJga qarashli avtomaktab amaliy mashg`ulot ustasi A.S. fuqaro N.B.ga o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






