Futbol bo`yicha Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi bosh kotibi Maksim Mitrofanov malum qilgan.
Uning so`zlariga ko`ra, bir qator tashkiliy qiyinchiliklar mavjud bo`lib, shu sabab tashkilot turnirda ishtirok etishdan bosh tortishga majbur bo`lgan.
“Rossiya terma jamoasi futbolchilarga haddan tashqari yuk tushgani uchun Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining o`rtoqlik turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi”, — deyiladi RFU xabarida.
CAFA turniri 9—21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida bo`lib o`tadi. Unda Eron, O`zbekiston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston terma jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda.






