AsosiyDunyo

BMT Bosh kotibi AQShning kuzatuv ostida ekanligi haqidagi xabarlarga javob qaytarildi

'BMT Bosh kotibi AQShning kuzatuv ostida ekanligi haqidagi xabarlarga javob qaytarildi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Vashingtonga Bosh kotib Antoniu Guterrishning aloqalari kuzatilgani haqidagi ma`lumotlardan xavotir bildirdi. Bu haqda seshanba kuni brifingda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, tegishli nota AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasiga topshirilgan.

Uning ta`kidlashicha, bunday harakatlar BMT Nizomi va BMTning Imtiyoz va immunitetlar to`g`risidagi konvensiyasi bo`yicha AQShning majburiyatlariga mos kelmaydi.

Avvalroq BBC  Internetga tarqalib ketgan Pentagon maxfiy hujjatlariga tayanib, Vashington Antoniu Guterrishni kuzatishi va uning telefon suhbatlarini tinglashi mumkinligi haqida xabar bergandi.

    Boshqa yangiliklar