AsosiyJamiyat

Bugungi kunda aholiga shakar 11 500—14 000 so`mdan, ayrim olis hududlarda 12 000—15 000 so`mgacha chakana narxlarda realizasiya qilinmoqda — Raqobat qo`mitasi

'Bugungi kunda aholiga shakar 11 500—14 000 so`mdan, ayrim olis hududlarda 12 000—15 000 so`mgacha chakana narxlarda realizasiya qilinmoqda — Raqobat qo`mitasi'ning rasmi

O`zbekiston aholisining yillik ehtiyojini barqaror ta`minlash uchun zarur darajada shakar mahsuloti mavjud. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, shakar mahsulotini ishlab chiqaruvchi va realizasiya qiluvchi mahalliy tadbirkorlarning 2023 yildagi faoliyatida vujudga kelishi mumkin bo`lgan xavf-xatarlarning oldini olish bo`yicha hukumat tomonidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda mahalliy shakar zavodlari shakar xomashyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilmoqda.

Xususan, 15 aprel holatiga mazkur zavodlarda 357 ming tonna shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo etkazib berish bo`yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan. Shundan, omborda 8 ming tonna tayyor shakar va 78 ming tonna xomashyo, iyun oyiga qadar 271 ming tonna xomashyo etkazib beriladi.

Shuningdek, ichki bozorni shakar mahsuloti bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida mahalliy shakar ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish ishlari olib borilmoqda va birinchi bosqichida (1 mayga qadar) shakar ishlab chiqarish quvvatlarini o`tgan yilga nisbatan 25 foizga oshirilishi, natijada sutkasiga 2,5 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bunda, yillik shakar ishlab chiqarish 600 ming tonnadan 1 million tonnagacha oshishi kutilmoqda.

“Respublika aholisini etarli miqdorda va maqbul narxlarda shakar va un mahsulotlari bilan ta`minlash bo`yicha hukumat tomonidan zarur choralar ko`rilgan”, — deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, bugungi kunda aholiga shakar 11 500—14 000 so`mdan, ayrim olis hududlarda 12 000—15 000 so`mgacha chakana narxlarda realizasiya qilinmoqda.

“Xulosa qilib aytganda, Respublika aholisining yillik ehtiyojini (o`rtacha 650 ming tonna) barqaror ta`minlash uchun zarur darajada (1 million tonna) shakar mahsuloti mavjud va hech qanday xavotirga o`rin yo`q”, — deya ta`kidlanadi xabarda.

    Boshqa yangiliklar