“Toshshahartransxizmat” Toshkent metropolitenining navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida Er usti yo`nalishidagi "6-bekat" va "7-bekat" oralig`ida poezdlar harakati to`xtatilishini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun 19 aprel kuni, Yangiobod bozori va Qo`yliq bozori oralig`ida poezdlar harakatlanmaydi.
Shu munosabat bilan, yo`lovchilarning jamoat transportiga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Qo`yliq dehqon bozori” so`nggi bekatidan THAY, Rohat aylanma yo`li, THAY orqali Yangiobod bozori bekatigacha harakatlanuvchi vaqtinchalik bepul avtobus yo`nalishi tashkil etildi.
Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo`nalishidagi harakat jadvallari soni 4 ta, yo`nalishning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilangan.






