AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqaroning yalang`och videolarini tarqatib yubormaslik uchun 50 ming dollar talab qilgan jinoiy guruh a`zolari ushlandi (video)

'Samarqandda fuqaroning yalang`och videolarini tarqatib yubormaslik uchun 50 ming dollar talab qilgan jinoiy guruh a`zolari ushlandi (video)'ning rasmi

IIV tezkor-qidiruv departamenti, Samarqand viloyat IIB hamda DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik yo`li bilan bir fuqarodan 50 ming AQSh dollarini undirmoqchi bo`lgan jinoiy guruh qo`lga olindi, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati.

Aniqlanishicha, IIOga murojaat qilgan ariza muallifi o`zi bilan birga ishlovchi ayol bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan. Bundan xabar topgan ayolning turmush o`rtog`i va uning ukalari telefon orqali arizachiga tahdid qilishni boshlagan.

Joriy yilning 28 mart kuni ayolning qayni ukasi va Toshkent shahridan Samarqandga kelgan ikki nafar shaxslar jabrlanuvchini majburlab avtomashinaga o`tkazib, o`g`irlab ketadi va Samarqand tumani hududidagi dala hovliga olib borib, qiynab, badanining turli xil joylariga tan jarohati etkazgan. Ayblanuvchilar jabrlanuvchiga 50 ming AQSh dollarini berishni aytib, majburan ikkita tilxat yozdirib olishgan. Tahdidlar kundan-kunga ko`payib, guruh a`zolari jabrlanuvchi bilan har ko`rishganida 5 million so`m va 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o`zlashtirishgan. Agarda 50 ming AQSh dollarini bermasa, yalang`och holdagi videotasvirlarni mahallasiga tarqatib, sharmanda qilishini aytib qo`rqitishgan.

2023 yil 14 aprel kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh etakchisi jabrlanuvchidan 30 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo`li bilan olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 137-moddasi 1-qismi, 165-moddasi 3-qismi "a", "v" bandlari va 227-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib 5 nafar shaxslar qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar