Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda yuk mashinasi yonayotgani aks etgan video tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati mazkur video yuzasidan ma`lumot berdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 12-kilometrida yuk avtomobilining dvigatel qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong`in kelib chiqqan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo`q. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






