18 aprel kuni soat 16:40da Uchtepa tumanida Cobalt va Captiva rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma`lum qildi.
YTH oqibatida haydovchilar tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Cobalt avtomashina yo`lovchisi esa olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






