AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 72 yoshli erkakni mahalladoshi kaltaklab o`ldirib qo`ygan holat yuzasidan viloyat IIB ma`lumot berdi

'Qashqadaryoda 72 yoshli erkakni mahalladoshi kaltaklab o`ldirib qo`ygan holat yuzasidan viloyat IIB ma`lumot berdi'ning rasmi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 72 yoshli erkak qo`shnisiga bergan qarzini so`rab borganda o`sha qo`shni tomonidan kaltaklangani va shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, voqea joriy yilning 13 aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Kitob tumani “Guliston” mahallasida sodir bo`lgan. Ushbu mahallada yashovchi U.E. bilan T.Q. o`zaro janjallashib qolgan. T.Q. qo`lidagi tayoq bilan U.E.ni urib, tan jarohati etkazgan. Erkak o`sha kuni shifoxonada vafot etgan. 

Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov Bo`limi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov davomida T.Q. jinoyat ishida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar