AsosiyJamiyat

Turizm qishlog`i bo`lgan "Krasnogorsk"ga avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi

'Turizm qishlog`i bo`lgan "Krasnogorsk"ga avtobus qatnovlari yo`lga qo`yildi'ning rasmi

"Krasnogorsk" qo`rg`onini Parkent, Toshkent va  Nurafshon shaharlari bilan bog`lovchi avtobus yo`nalishlarida qatnovlar yo`lga qo`yildi.

"Krasnogorsk" qo`rg`oni aholisiga qulay va sifatli transport xizmatlari ko`rsatishni tashkil etish maqsadida bugun erta tongdan "Krasnogorsk – So`qoq – Changi – Parkent”, “Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent” hamda “Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon” yo`nalishlarida avtobus qatnovlari qayta tiklandi.

Ushbu yo`nalishlarda qatnovlarning yo`lga qo`yilishi natijasida turizm qishlog`i bo`lgan Krasnogorsk (Qiziltog`)ga Toshkent shahri Qo`yliq mavzesidan, Toshkent viloyatining ma`muriy markazi Nurafshon shahridan hamda Parkent tumani markazidan to`g`ridan-to`g`ri avtobuslarda etib olish imkoniyati yaratildi.

    Boshqa yangiliklar