Yaponiyaning Vakayama shahrida bosh vazir Fumio Kisida omma oldida chiqish qilayotganda portlash ro`y berdi.
Mahalliy OAVga ko`ra, vazir zudlik bilan evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo`q. Voqea joyida polisiya bir kishini hibsga oldi. Hibsga olish jarayoni CNN telekanali orqali namoyish etildi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida portlashdan keyingi tartibsizliklar bostirilgach, Vakayamadagi temiryo`l stansiyasida yangi chiqish qildi. U voqea sabab yuzaga kelgan xavotirlar uchun aholidan uzr so`radi.
“Bo`lgan voqea sizga qattiq tashvish va noqulayliklar olib keldi, buning uchun sizlardan uzr so`rayman”, - dedi bosh vazir.






