Bugun, 14 aprel kuni soat taxminan 09:45 da Kitob tumanidan o`tuvchi “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil yo`lining 1139-kilomertida Samarqand–Qashqadaryo yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan ISUZU rusumli yuk avtomobil pastlikka tushib ketgan. Bu haqda viloyat FVB xabar qilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, haydochisi o`zining ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan. Natijada yong`in chiqqan va transport vositasi to`liq yongan.
Vaziyat bo`yicha xabar kelib tushgach, qutqaruv 1 ta bo`linma hamda qutqaruvchilar guruhi manzilga etib borishib sodir bo`lgan yong`in oqibatlarini bartaraf etishgan.
Ushbu yuk mashinasida bo`lgan 24 yoshli fuqaro O.A hamda unga hamrohlik qilayotgan 2008-yilda tug`ilgan fuqaro A.O mashinadan sakrashgan.
Sakrashi oqibatida ular tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.






