O`zbekistonga talabalarga OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo`yicha ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Mahkamasi qaror loyihasida eks etgan.
Qonun loyihasiga ko`ra:
- oliy ta`lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta`lim yo`nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta`lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo`yicha o`qishdan bo`sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;
- haq to`lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to`lanadigan stajirovka o`tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;
- talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo`yicha ishlashiga faqat oliy ta`lim muassasasida o`qiyotgan davrida ruxsat etiladi.
Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta`lim muassasalari talabalarini o`qish davrida mutaxassisligi bo`yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish choralarini ko`rib chiqadi.






