Quvaytning rasmiy agentligi KUNA xabariga ko`ra, Shayx Ahmad Navaf al-Ahmad boshchiligidagi 14 vazirdan iborat yangi hukumat tuzish to`g`risidagi Amirlik farmoni e`lon qilindi.
Amir Shayx Navaf al-Ahmad 5 mart kuni Shayx Ahmadni bosh vazir etib qayta tayinlagandi.
5 aprel kuni parlament spikeri Marzuq al-G`anim Quvayt amiri va valiahd shahzoda Shayx Mashal al-Ahmadni Bosh vazir Shayx Ahmad bilan zudlik bilan inqirozni hal qilish uchun chora ko`rishga chaqirgandi.
Bosh vazirni "qasamyod qabul qilib, hukumat tuzilishini ma`qullash uchun parlament yig`ilishlariga borishni istamasa, o`z lavozimini tark etishga" undagan G`anim, hukmron oila bu vazifani zimmasiga olishga vakolatli odamlarga ko`p ekanligini ta`kidlagandi.
11.04.2023 21:24
Quvaytda shayx Ahmad Navaf raisligida yangi hukumat tuzildi






