AsosiyJamiyat

Samarqanddagi maktab hojatxonasiga kamera o`rnatildi

'Samarqanddagi maktab hojatxonasiga kamera o`rnatildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand tumanidagi maktablarning  biridagi hojatxonaga kamera o`rnatilgani haqidagi xabarga viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

O`rganishlar davomida maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari R.Sh. o`g`il bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotganligi sababli, ularni tartibga chaqirish uchun yaroqsiz kamera  o`rnatganligi aniqlangan.  

Ushbu kamera yaroqsiz bo`lib, tarmoqqa ulanmagan, o`rganishlardan so`ng uskuna olib tashlangan.

Bu ishni qilgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari R.Sh. ga nisbatan O`zbekiston Respublika Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.

Eslatib o`tamiz, Qo`qon pedagogika instituti talabalar (qizlar) yotoqxonasi xonalaridan biriga kuzatuv kamerasi o`rnatilgani aniqlangan edi. 

    Boshqa yangiliklar