Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta`lim muassasalaridan birida tarbiyalanuvchilar Konstitusiya targ`ibotiga jalb qilingani aks etgan videoyozuv tarqaldi.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta`lim agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyalanuvchilarning ”Konstitusiya meniki, seniki, bizniki! Konstitusiya o`zimizniki” shiori ostidagi tadbirga jalb qilingani aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
“Mazkur videoda, MTT xodimi tomonidan yurtimizda Referendum doirasida o`tkazilayotgan tashviqot tadbirlaridan ruhlanib, tarbiyalanuvchilarga tushuncha berishga uringanlik holatini kuzatish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan respublikadagi barcha maktabgacha ta`lim sohasidagi hudud vakillariga ogohlantirishlar hamda bu kabi holatlarning oldini olish bo`yicha tavsiyalar berildi.






