AsosiyJamiyat

Perevalda vodiyga ketayotgan "Lacetti" xandaqqa tushib ketdi (video)

'Perevalda vodiyga ketayotgan "Lacetti" xandaqqa tushib ketdi (video)'ning rasmi

Bugun, 10 aprel kuni ertalab “Toshkent – ​​O`sh” xalqaro avtomobil yo`lining Qamchiq dovonidan o`tuvchi 216-kilometrida engil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati ma`lum qildi.

 Toshkentdan vodiy tomon harakatlanib ketayotgan "Lacetti" haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida avtomobil xandaqqa tushib ketgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari etib kelgan. Qisqa vaqt mobaynida mashina er yuzasiga ko`tarilgan.

Hodisa vaqtida mashinada ikki kishi bo`lib, ular jarohat olgan. Jarohatlanganlarga o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilgan.

FVVning qo`shimcha qilishicha, YTH oqibatini bartaraf etish jarayonida dovonda avtomobillar harakati to`xtatilmagan.

    Boshqa yangiliklar