AsosiyJamiyat

"O`zimizdan ham ayb qidiraylik" Toshkentning yangi hokimi poytaxtning drenaj tizimining ishdan chiqishiga aholining tartibsiz qurilishlari ham sabab bo`lganini aytmoqda

'"O`zimizdan ham ayb qidiraylik" Toshkentning yangi hokimi  poytaxtning drenaj tizimining ishdan chiqishiga aholining tartibsiz qurilishlari ham sabab bo`lganini aytmoqda'ning rasmi

Toshkentga yangi tayinlangan hokim Shavkat Umrzoqov poytaxtning drenaj tizimi o`rganib chiqilgani, ko`chalarni nima sababdan suv bosgani haqida gapirdi. Hokim erosti suv ketish tizimi ishdan chiqishiga aholining tartibsiz qurilishlari ham sabab bo`lganini qayd etgan.

Hokimga ko`ra, Toshkentdagi avtoturargohlar tizimi tartibga solinmagan, buning uchun avvalo yo`llarni to`g`rilash lozim.

“Bu faqat hokimiyatning emas, balki o`zimizning, insonlarning ham yo`lda yurish madaniyati hisoblanadi. Birinchidan, yo`lda harakatlanuvchi har bitta “avtomobilchi”ning transport qo`yishini inobatga olgan holda avtoturargohlar tashkil qilish, kerak bo`lsa, ularni pulli qilib, undan orttirilgan mablag` mazkur tizimni rivojlantirishga sarflanadi.

Avtoturargohlarning hammasi bozorga yaqin hududlarda joylashadi. Bir narsani tushuninglar, ishlab chiqarishdami – umuman hamma narsada “bottleneck” degan narsa bor. Oldin 10 talik quvurlarda suv yurgan bo`lsa, hozir rivojlanish shunchalik tez bo`lganidan 20-30 talik quvurlarda suv yurgandek tirbandlik paydo bo`ladi. Demak, biz nima qilamiz? Suvning harakatlanishini har qaerga oqizib-oqizib yuborishimiz kerak. Bu – tez bo`ladigan narsa emas. Tez bo`lgan narsaning umri qisqa bo`ladi.

Bir yilda Toshkentdagi aholi soni deyarli 100 mingga oshyapti. Ichki migrasiya bor. Hajm o`sishidan kelib chiqib, kelgusidagi hisob-kitoblarni ham olyapmiz. Bu yildan joriy qilishni boshlaymiz, muammo birdaniga echilmaydi. Koridor deyilganda, birinchi bitta ko`chadagi muammo, keyin ikkinchi va uchinchilarning – shu tarzda bosqichma-bosqich boshqa masalalarni echamiz”, – deydi u.

Shavkat Umrzoqov shahar drenaj tizimida yuzaga kelayotgan muammolar borasida quyidagicha fikrda:

“Drenaj tizimini o`rgandim. O`zimizdan ham ayb qidiraylik, 20-30 foiz drenajlarni fuqarolarning o`zi uy qurish jarayonida yopib yuborgan. Biz bu narsalarni o`rganib, aniqlab bo`ldik. Hozir mazkur tizimni endi qanday tiklaymiz, qonunbuzilishiga yo`l qo`ygan insonlarga qanday chora ko`riladi? Bu – davlat mulki. Nimaga suv toshdi? Birinchidan, asfalt bo`lib yotibdi, suv shimilmadi. Odamlar uy quryapti, qurmasa ham to`sqinlik bo`layotganini yozadi. Sharoit qilib berilishini talab qilishadi. Lekin aholimiz qurilish madaniyatiga rioya qilgan holda qurishi kerak-ku, erning ostidan o`tgan narsalarni yopib tashlashi kerakmas-ku. Bu borada tadbirkorlarning ham, aholining ham sonini aniqlab, ma`lum qilamiz”, – deya qayd etadi Umrzoqov.

 

    Boshqa yangiliklar