AsosiyJamiyat

Toshkentda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi

'Toshkentda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departament, DXX va IIB hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan F.X. fuqaro J.T.ning ishonchiga kirib, unga imtihonlarda qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 1100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar