"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi va kechga tomon Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Surxondaryo viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Baland tog`larda (2000 m dan yuqori hududlarda) yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.
09.04.2023 08:35
Bugun O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`adi






